Kubada 10 mln kishi “svet”siz qoldi
Olam
−
12:17 611 1 daqiqa
Kubada taxminan 10 million kishi elektrsiz qoldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kubaning milliy elektr tarmog‘i 16 mart kuni “qulagan”. Bunga AQSH tomonidan joriy etilgan neft blokadasi va orolning allaqachon eskirgan elektr energiyasi, ishlab chiqarish tizimini ishdan chiqqanligi sabab deb ko‘rsatilgan.
Rasmiylar elektr stansiyasida katta nosozlik bo‘lganini istisno qilishgan. Ammo hali ham elektr tarmog‘i qulashining asosiy sabablarini aniqlay olmagan.
Qo‘shma Shtatlar yanvar oyida Kubaning eng muhim xorijiy homiysi bo‘lgan Venesuela prezidentini qo‘lga olganidan beri bu yil uzoq vaqtdan beri dushman bo‘lgan Kubaga bosimni kuchaytirgan.
Kuba inqirozni yumshatish umidida Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar boshlaganini ma’lum qilgan. Tramp so‘nggi haftalarda Kuba qulash arafasida ekanligini va Qo‘shma Shtatlar bilan kelishuvga erishishga tayyor ekanligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroqning barcha hududlarida istisnosiz elektr energiyasi uzilib qolgani haqida xabar berilgandi.