Kuba Prezidenti YeOII kengashida Vashington ustidan Putinga arz qildi 

Olam

image

Gavana Moskvaning sharq tomon kengayib borayotgan NATOni to‘xtatish borasidagi harakatlarini ma’qullaydi. Bu haqida bugun, 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining virtual yig‘ilishida Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ta’kidladi.

“Biz Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan olib borilayotgan, NATOning Rossiya chegaralari tomon kengayishini to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini ham qo‘llaymiz”, deya qo‘shimcha qildi Kuba rahbari.

U, yana o‘z nutqida, Vashingtonni global pandemiyadan “vijdonsizlarcha” foydalangan holda, Kuba orollarida savdo va iqtisodiy blokadalarni yaratishda hamda Kubaga nisbatan siyosiy bosimni kuchaytirib borayotganlikda aybladi.

Hozircha Kuba Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomi ostida qolmoda.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Kuba o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilishi 1959 yil sobiq Sovet Ittifoqi davriga borib taqaladi. Kuba 1979 yilda Sovet Ittifoqi dominantlik qilgan Sotsial Kommunistik davlatlarning “O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi”ga a’zo bo‘lgan.

1991 yil Sovet Ittifoqining qulashi ham ikki davlat o‘rtasidagi alaqolarga salbiy ta’sir qilmadi. Ayniqsa, 2000 yil hokimiyat tepasiga Vladimir Putinning kelishi, Rossiya va Kuba aloqalari yangi bosqichga chiqishiga turtki bo‘ldi.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

404

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing