Kroos yangi futbol klubga asos solmoqchi

Sport

image

“Real” va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Madridda yangi futbol klubi ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub futbolchi – Toni Kroos nomi bilan ataladi. Toni bolaligidan o‘z shaxsiy klubi bo‘lishini orzu qilgan. Kroos so‘nggi bir necha hafta ichida Madrid futbol federatsiyasi va Ensinas de Boadilla sport klubi rasmiylari bilan muzokaralar olib bordi.

Qayd etish joiz, Kroosning professional faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvi 2024 yilgi Yevropa chempionatida bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning chorak finalida Germaniya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan to‘qnash keldi. Bahsda “Bundesteam” 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi klubdagi faoliyati davomida 754 o‘yin o‘tkazib (73 gol va 166 golli uzatma) 33 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Kroos Germaniya terma jamoasi safida 113 ta uchrashuvda ishtirok etgan (17 gol va 21 golli uzatma). Germaniyalik yarim himoyachi 2014 yilda jahon chempioni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Real Toni Kroos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing