Krishtianu Ronalduning jamoadoshi koronavirus yuqtirdi
Sport
−
12 mart 2020
7936"Yuventus" himoyachisi Daniyele Rugani koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda klub saytida xabar berildi.
"Yuventus" futbolchini izolyatsiya qilish uchun hukumat tomonidan tasdiqlangan barcha choralarni ko‘rdi. Bundan tashqari, Rugani bilan aloqada bo‘lganlarning barchasi virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda.
Rugani 2015 yildan beri Turinda o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 94 ta o‘yin o‘tkazgan, to‘rt marotaba mamlakat chempioni, uch karra Italiya kubogi va ikki marta superkubok sohibi bo‘lgan. Himoyachi yettita gol urib, bitta golga hammualliflik qilgan.
Rugani professional faoliyati davomida Italiya milliy terma jamoasi safida 7 marotaba maydonga tushgan.
LiveBarchasi