Krishtianu Ronalduning sahiyligi tutib ketdi 

Sport

image

"Yuventus"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Gretsiyadagi mashhur Kosta-Navarino korti xodimlari uchun 20 ming yevrolik choy-chaqa puli qoldirdi. Bu haqda Corriere dello Sport.

34 yoshli forvard oilasi bilan Gretsiyadagi kurortda yetti kun dam olgan. Ronaldu ushbu kurortda bir sutka dam olish uchun 8 ming yevro to‘lagan. Dam olish yakunlangach futbolchi unga va oilasiga g‘amxo‘rlik va samimiy munosabatda bo‘lgan kurort xodimlariga 20 ming yevro miqdoridagi choy-chaqa puli qoldirgan. 

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2018 yilda "Real"ni tark etib, "Yuventus" safiga borib qo‘shilgandi. U klub bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, futbolchi Portugaliya termasi bilan Yevropa millatlar ligasi finalida to‘p surdi va yakunda kubokni uyiga olib ketdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

417

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing