Krishtianu Ronaldu soch turmagini o‘zgartirdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi soch turmagi bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi sochlarini och jigarrang-qizg‘ish rangga bo‘yatganini ko‘rsatuvchi fotosuratni muxlislariga taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2023 yildan buyon “Al-Nasr” safida to‘p tepib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni yilning eng kutilgan to‘ylaridan biri bo‘lib o‘tgandi. Krishtianu Ronalduning 10 yillik sevgilisi Jorjina Rodriges bilan to‘yi Lissabon yaqinidagi Kashkaysh sohil shahrida bo‘lib o‘tdi.
Marosimda juftlikning 5 nafar farzandi ham ishtirok etgan.

Ronaldu o‘tgan yilning aynan 11 avgust kuni sevgilisi Rodrigesni qo‘lini so‘ragandi. O‘shanda Rodriges katta nikoh uzugi aks etgan suratni joylashtirib, ispan tilida “Ha, men roziman. Bu safar ham, butun hayotim davomida ham”, deb yozgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing