Krishtianu Ronaldu Britaniya futboli haqidagi serialda rol o‘ynaydi – OAV
Sport
−
28 iyul 1001 1 daqiqa
“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Britaniya futboli haqidagi serialda ijrochi prodyuser sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, suratga olish ishlari allaqachon boshlangan. Syujet Demian Lyuis ijro etadigan xayoliy futbol agenti atrofida kechadi. Loyihada Ronalduning o‘zi, shuningdek, “Arsenal” va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anri ham rol ijro etadi.
Serial drama va komediya elementlarini o‘zida mujassam etgan bo‘ladi. Uni Ronaldu rejissyor va prodyuser Mettyu Von bilan hamkorlikda tashkil etgan UR•Marv Studios studiyasi ishlab chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik aktyor va prodyuser Vin Dizel besh karra “Oltin to‘p” sohibi, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga “Forsaj” film franshizasida rol yozilganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi