Krishtianu Ronaldu “Bavariya”ga o‘tmaydi

Sport

image

"Bavariya" Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishni rejalashtirmayapti. Bu haqda "Bild" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Germaniya chempionlari portugaliyalikning transferidan manfaatdor emas. Chunki Ronalduning maoshi juda yuqori hisoblanadi. Ronalduga bunchalik katta oylik to‘lash "Bavariya"ning ish haqi fondiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Shuningdek, nemis klubi rahbariyati  37 yoshli futbolchining murabbiy Yulian Nagelsmanning bosimga asoslangan uslubiga mos kelishiga shubha qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda "qizil iblislar" safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. "Transfermakt" portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing