Kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangan talaba yigit 10 sutkaga qamaldi

3-sahifa

image

Toshkentda 25 yoshli talaba yigit telefon va plastik kartadan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ o‘rgangan sud qarorida so‘z boradi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1999 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan yigit o‘ziga tegishli telefon va plastik kartadan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullanilgani aniqlangan.

Bugun, 12 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida yigit universitetda bitiruvchi kurs talabasi ekanini, 2023 yil oktyabr oyidan boshlab maxsus platformada o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan akkauntidan foydalanib, kripto-aktivlar sotib kelganini, buning noqonuniy ekanligini bilmaganligini ma’lum qilib, yengillik berishni so‘ragan.

Sud qaroriga ko‘ra, yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1554-moddasining (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, sudlanuvchi hisobidan qamoqni har bir kuni uchun qabul qilish muassasasi foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya’ni 510.000 so‘m undirilishi belgilangan.

Bundan tashqari, ashyoviy dalil sifatida olingan bir dona telefon apparati va bank plastik kartasi tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jinoyat Kripto-aktiv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing