Kremlning harbiy sarguzashtlari barbod bo‘ldi – Podolyak Rossiyaning ustidan kuldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya Federatsiyasida qisman safarbarlik e’lon qilinganiga izoh berdi.

Podolyakning fikricha, yana 300 ming rossiyalikni urushga jo‘natish qarori Kremlning harbiy sarguzashtlari barbod bo‘lganidan dalolat beradi.

“Bu “uch kunlik urush”ning 210-kuni edi. Ukrainani yo‘q qilishni talab qilgan ruslar nihoyat qabul qildilar: 1. Mobilizatsiya; 2. Yopiq chegaralar, bank hisoblarini blokirovka qilish; 3. Qochganlik uchun qamoq; 4. Xususiy harbiy kompaniyalardagi eng past darajali maxsus otryadlar. Ruslar, hali ham reja bo‘yicha ketyapmiz, to‘g‘rimi? Hayotda ajoyib hazil tuyg‘usi bor”, deb yozgan Podolyak Twitter'da.

Shu bilan birga, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov Rossiya Federatsiyasi Prezidentining safarbarlik haqidagi bayonotlarini ruslardan foydalanishning keng qamrovli dasturi deb atadi.

"So‘nggi bayonotlar haqida. Putinning "Bermud uchburchagi" rejasi – ruslarni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli dastur: safarbarlikdan qochish – qamoqxona – xususiy harbiy kompaniya “Vagner”. Keyingi: Ukraina fronti – o‘lim – "Belaya Lada" (Rossiyada qahramon bo‘lib o‘lgan yigitlarning tobuti shunday deb ataladi – tahr.), deb yozgan Danilov o‘z Twitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 21 sentyabr kuni Rossiyada qisman harbiy safarlik e’lon qildi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

482

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing