Kreml Trass Britaniya Bosh vaziri bo‘lganiga munosabat bildirdi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri Liz Trassning bayonotlaridan kelib chiqib, Rossiya bilan munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlar kutilmaydi, deb taxmin qilish mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“To‘g‘risini aytsam, Trass xonimning tashqi ishlar vaziri bo‘lgan, bu lavozimga nomzod bo‘lgan paytdagi mamlakatimizga nisbatan bayonotlaridan kelib ishonch bilan aytishimiz mumkinki, yaxshi tomonga o‘zgarishlarni kutishning hojati yo‘q”, degan u.

Peskov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Trassni bu lavozimga tayinlangani bilan tabriklaydimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob beromay, davlat rahbaridan aniqlashtirish kerakligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass hukmron Konservativ partiya yetakchiligi uchun kurashda g‘olib chiqdi.

47 yoshli Trass nomzodi uchun Konservativ partiyaning 81 326 nafar oddiy a’zosi ovoz berdi. Uning raqibi, 42 yoshli sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak 60 399 nafar ovoz oldi. Shunday qilib, Trass hukmron partiya rahbari sifatida 6 sentyabr kuni Bosh vazir lavozimida ish boshlaydi va yangi hukumatni tuzadi.

Trass Buyuk Britaniyaning 56-Bosh vaziri (yoki bu lavozimni bir necha marta egallaganlarni hisobga olgan holda 78-hukumat rahbari) va qirolicha Yelizaveta II davridagi 15-Bosh vazirga aylanadi. U, shuningdek, Margaret Tetcher (1979 yildan 1990 yilgacha Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan) va Tereza Meydan (2016 yildan 2019 yilgacha) keyin Vazirlar Mahkamasini boshqargan uchinchi ayolga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, tez orada Jonson egallab turgan lavozimini tark etadi. U joriy yilning 20 iyul kuni Bosh vazir sifatida so‘nggi bor Jamoalar palatasida nutq so‘zlagan.

2019 yilda Tereza Meyning o‘rniga Bosh vazir lavozimini egallagan Jonson 7 iyul kuni bosh vazirlik va Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qildi. U Vazirlar Mahkamasining yangi rahbari tayinlangunga qadar ishlashda davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing