Kreml Rossiya va Ukraina muzokaralaridan qoniqmaganini bildirdi
Olam
−
30 mart 2022
12217Moskva Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar istiqbollari va yutuqlari haqida gapira olmaydi, hali qilinishi kerak bo‘lgan juda ko‘p ishlar bor. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Birinchidan, mening hamkasbim Medinskiy bugun bu haqda batafsilroq ma’lumot beradi. Ikkinchidan, uchrashuvning ijobiy tomoni shundaki, Ukraina vakillari hech bo‘lmaganda o‘zi taklif qilgan narsani aniq shakllantirib, qog‘ozga tushira boshladi. Hozirgacha bu ishni amalga oshirish o‘xshamayotgan edi. Bu ijobiy omil. Qolganlariga kelsak, hozircha biz istiqbollar va yutuqlar haqida ayta olmaymiz, hali juda va juda uzoq qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor”, deydi Kreml vakili.
Qayd etilishicha, Peskov muzokaralarning nozik jihatlari, xususan, Kiyevning ehtimoliy kelishuv kafillari bo‘lgan davlatlar ro‘yxati, shuningdek Qrim va Donbass masalasini harbiy bo‘lmagan yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha takliflariga izoh bermagan.
"Biz Qrimga bostirib kirmaymiz, u Rossiya Federatsiyasining bir qismidir. Konstitutsiyamizga ko‘ra, Rossiya hududi bo‘lgan yerlar taqdirini hech kim bilan muhokama qilmaymiz”, deydi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir.
Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.
LiveBarchasi