Kreml Xalqaro sudning Rossiyaga qarshi da’vosini tan olmadi

Olam

image

Rossiya Ukrainada urush olib borayotgani ortidan Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Moskvaga qarshi ikki jinoiy ish qo‘zg‘atyapti. Biroq Kreml na Xalqaro jinoiy sudni, na u ochayotgan jinoiy ishlarni tan oladi. Bu haqda bugun, 14 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi. 

“Biz bu sudni va uning yurisdiksiyasini tan olmaymiz. Biz bunga shunday munosabatda bo‘lamiz. Moskva o‘tgan yillar davomida na xalqaro sud institutlari, na xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolari Ukraina millatchilari tomonidan Donbassdagi fuqarolik infratuzilmasining vayron qilinishiga, aholining o‘ldirilishiga e’tibor berishdan bosh tortganini eslatishdan charchamaydi”, degan Peskov.

Ma’lumot uchun, Xalqaro jinoiy sud hukumatlararo tashkilot va xalqaro tribunal bo‘lib, Niderlandiyaning Gaaga shahrida joylashgan. Bu insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid, urush va bosqinchilik jinoyatlari uchun shaxslarni ta’qib qilish huquqiga ega birinchi va yagona doimiy xalqaro suddir. U 1998 yilda Rim statutiga binoan tashkil etilgan. 2016 yilda Vladimir Putinning Rossiya Xalqaro jinoiy sud a’zosi bo‘lmasligi haqidagi farmoni bilan davlat undagi a’zoligini to‘xtatgan. Rossiya TIV sud unga bildirilgan umidlarni oqlamagani va xalqaro adolatning haqiqiy mustaqil organiga aylanmagani haqida bayonot bilan chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Kremlga qarshi Rossiyaning ukrainalik bolalar va o‘smirlarni o‘g‘irlab, ularni qayta tarbiyalash lagerlariga jo‘natgani hamda Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmalari – elektr va suv stansiyalarini ataylab nishonga olgani uchun 2 ta jinoiy ish ochayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Putin Peskov Xalqaro jinoiy sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing