Kreml Kaliningrad bo‘yicha YeI bilan kelishuvga erishilganiga munosabat bildirdi

Olam

image

Rossiya Kaliningrad viloyatiga Litva orqali yuklar tranzitni tiklash bo‘yicha ijobiy natijaga erishishga yaqin. Bu xaqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 13 iyul kuni Yevropa Ittifoqi va RF tranzit masalasida kelishuvga erishgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib aytib o‘tdi.

Kreml vakili qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtda bu vaziyat bo‘yicha yakuniy natijaga erishilmagan. 

“Bu borada biz biroz oldinga siljishni kutmoqdamiz, lekin hozircha bu muammo bartaraf etilgan deb ayta olmaymiz”, deydi u. 

Bundan avval, Yevropa Ittifoqi va Rossiya Kaliningrad viloyatiga yuklarni temir yo‘l orqali tranzit qilishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash bo‘yicha kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

Malumot uchun, Litva Respublikasi 18 iyun kuni sanksiyalangan tovarlarning tranzitini to‘xtatdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Kreml Vilnyusning xati-harakatlari noqonuniy va xalqaro kelishuvlarga zid ekanligini ta’kidladi. Litva hukumati va Yevropa Ittifoqi rahbariyati, o‘z navbatida, mamlakat hech qanday bir tomonlama yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmaganini, faqat “sanksiyalarni izchil qo‘llayotganini” ta’kidladi.

Iyun oyi oxirida “Reuters” agentligi YeI Moskva bilan ziddiyatni yumshatish uchun Litva orqali Kaliningrad viloyatiga tranzit cheklovlarini bekor qilish niyatida ekanini xabar qildi.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing