Kreml G‘arbning po‘pisasidan qo‘rqdimi? Ukraina va Rossiya muzokara o‘tkazishi aytilmoqda

Olam

image

Ukraina bilan chegaradosh hududlarda 100 minlab qo‘shin to‘plagan Moskva Kiyev bilan tinchlik muzokaralarini olib borish uchun Fransiya poytaxti Parijda rasmiylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazmoqchi. Bu haqda “Al-Jazeera” telekanali Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaga asoslanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina-Rossiya rasmiylari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Germaniya va Fransiyaning yuqori martabali diplomatik vakillari ham ishtirok etishi ma’lum qilinmoqda.

Tomonlar 2015 yilda qabul qilingan Minsk tinchlik bitimida keltirilgan me’yorlarni bajarish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda. Bitimdagi talablarga amal qiladigan bo‘lsa, tomonlar Ukraina chegarasidagi notinch vaziyatga barham berishi kerak bo‘ladi. 

Bildirilishicha, Ukrainaga nisbatan Rossiya agressiyasining ortib ketishi fonida AQSH va G‘arbning Moskvani misli ko‘rilmagan sanksiyalar bilan ogohlantirgani Kremlni muzokaralar yo‘lini tanlashiga sabab bo‘lmoqda. 

AQSH va G‘arb sanksiyalari nafaqat Moskva, balki, shaxsan Prezident Putinga ham qaratilishi ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, Rossiya harbiy harakatlarni davom ettirishi ortidan NATO va AQSH ham Moskvaga nisbatan amaliy javoblar yo‘lini tutmoqda.

Hususan, Buyuk Britaniya Ukrainaga qurol-yaroq va harbiy texnika yetkazib bergani haqida ma’lum qilgan. Pentagon 8 500 nafar askarni Ukrainaga yuborish uchun yuqori darajadagi harbiy safarbarlikda ushlab turganini bildirgan.

Harbiy harakatlarga aralashmaslik yo‘lini tanlagan Germaniya Ukrainaga 5 000 dona askarlar bosh kiyimi (kaska) va tibbiy aslahalar yuborishi haqida bildirgan.

Bugun, 26 yanvar kuni Litva Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Estoniya harbiy havo bazasiga AQSHning F-15 rusumli tezkor qiruvchi havo samolyotlari kelib qo‘ngan. 

Daniya Mudofaa vazirligi esa ertaga, 27 yanvar kuni 4 ta F-16 rusumli tezkor qiruvchi havo samolyotlari Litvaning Shyaulyay harbiy havo bazasiga joylashtirishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval, AQSH Prezidenti Jozef Bayden Ukrainaga qilingan har qanday agressiya ortidan Rossiya rahbari Putinga “tushida ham ko‘rmagan” sanksiyalar va’da qilgandi.

 

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing