Kreditga “ Spark ” va’da qilgandi, biroq qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
18 avgust 2019
5069Shu yilning 16 avgust kuni poytaxtning Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli 4-son IIB tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil mart oyida Yunusobod tumani 10-dahada yashovchi 41 yoshli B.S., qarindoshi, 64 yoshli M.Yu. ismli ayolning uyida unga imtiyozli kredit asosida foizsiz “Spark” rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, 22 million so‘m pullarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan. B.S. ushlangan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi