Kredit, imtiyoz, subsidiya. Qishloq xo‘jaligi uchun qanday yengillik beriladi?
Jamiyat
−
24 noyabr 2021
9230Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik.
Yig‘ilishda davlat rahbari meva-sabzavot klasterlari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqani rivojlantirish, ularni moliyalashtirish, agroxizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi. Jumladan:
• joriy yil 1 dekabrdan Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi tomonidan meva-sabzavot yetishtiruvchilarni imtiyozli kreditlash yo‘lga qo‘yiladi;
• klasterlarga tomorqalardan tayyor mahsulot sotib olishga aylanma mablag‘ uchun 12 oylik “revolver” kreditlar beriladi;
• eksport shartnomasi bo‘lgan meva-sabzavot yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sug‘urtalash xarajatlarining 50 foizi byudjetdan qoplab beriladi;
• klasterlar tomonidan chet eldan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassisi jalb qilish xarajatlarining 50 foizigacha qismiga subsidiya beriladi.
LiveBarchasi