Krasnodarda dahshatli yong‘in: 64 ta xonadon alanga ichida qoldi
Olam
−
14 Sentabr 2020
4668Kecha, 13 sentyabr kuni tunda Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida turar-joy binosi yonib ketdi. Unda 64 ta xonadon alanga ichida qolgan. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
"Yong‘in Rossiyskaya ko‘chasidagi sakkiz qavatli turar-joy binosining cherdagida sodir bo‘ldi", deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Ma’lumotga ko‘ra, yong‘in maydoni dastlab 800 kvadrat metrni tashkil etgan. Keyin esa 4000 kvadrat metrga yetgan. 300 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Qurbonlar yo‘q. Yong‘inni o‘chirishga 140 kishi, 40 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan.
So‘nggi ma’lumotlarda yong‘in 64 ta xonadonni zararlagani aytilmoqda. Mutaxassislar binoni tiklash imkoniyatini o‘rganmoqda.
Yong‘in sababi sakkizinchi qavatdagi xonadonda elektr simlarining qizib ketishi bo‘lgan. Uyning hududida mahalliy favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan. Shahar meri barcha jabrlanganlarga byudjetdan moddiy yordam to‘lash zarurligini aytgan.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi