Mashinistning kran tagida qolib o‘lishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatida avtokran ag‘darilib ketishi oqibatida mashinist halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

"Holat yuzasidan Parkent tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi", deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha,  hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing