Qozog‘istonni ham chetlab o‘tmagan Pandora Nazarboyevning boyvachcha “uchinchi” xotinini fosh qildi 

Olam

image

Xalqaro jurnalistlar konsorsiumi (ICIJ) dunyo rahbarlari, ularning sheriklari, amaldorlar va ishbilarmonlarning ofshor sxemalarga jalb qilingani haqidagi Pandora hujjatlarini chop etgani haqida xabar bergandik. Tergovga 150 ta ommaviy axborot tashkilotining 600 dan ortiq jurnalistlari jalb qilingan.

Hujjatlarda Qozog‘iston ham tilga olingani ma’lum bo‘ldi. Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning norasmiy rafiqasi Asel Qurmanboyeva 30 million dollar hamda Britaniyaning Virjiniya orollari offshor kompaniyalarning ulushini olgan. U Nazarboyevning ishonchli odamlari – oligarxlar Vladimir Ni va Vladimir Kim bilan birgalikda ofshor biznesga egalik qilgan.

Foto: Asel Qurmanboyeva, 1999 yil.

Qurmanboyeva Nazarboyevning uchinchi hotini ekani haqidagi mish-mishlar 1999 yildan beri mavjud. Gap shundaki, Qurmanboyeva o‘sha yili “Qozog‘iston go‘zali” ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lgan. Bu vaqtda mamlakat go‘zali 18, janob Prezident esa 59 yoshda bo‘lgan. Uning ikki o‘g‘li ham “Nursultanuli” familiyasini olgan.

Hujjatlarda, shuningdek, birinchi Prezident va uning norasmiy rafiqasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari borligi ko‘rsatilgan. Qurmanboyeva 2012 yilda “Astana Balet” teatrini ochgan kompaniyaning asoschisiga aylandi. Teatr saytida aytilishicha, u Nazarboyev tashabbusi bilan tashkil qilingan. 

Ma’lumot o‘rnida, 1940 yilda tug‘ilgan Nursulton Nazarboyev 1990-2019 yillarda Qozog‘iston Prezidenti bo‘lgan. 5 marta mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongan Nazaboyev 2019 yilda davlat rahbariligidan ketgan. Biroq, u Qozog‘iston xavfsizlik kengashi hamda hukmron partiya “Nur Otan” raisligini o‘zida saqlab qolgan. Elboshining rasmiy turmush o‘rtog‘i Sara Nazarboyev hisoblanadi. Biroq, Qozog‘istonda Prezidentning ikkinchi xotini ham borligi va bu davlat rahbari samolyotida styuardessalik qilgan Gulnora Rakisheva ekani to‘g‘risidagi gaplar juda keng yoyilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing