Kostyum va galstuklarsiz: Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Jamiyat

image

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari — Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov kecha, 5 avgust kuni Kaspiy dengizi sohilida norasmiy muhitda uchrashdi.   

Uchrashuvdan olingan suratlar Qozog‘iston Prezidenti Matbuot kotibi Berik Uali tomonidan Facebook’da joylashtirilgan. Prezidentlar Turkmanistonning Turkmanboshi shahri yaqinidagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasiga tashrif buyurgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi. 

Avval xabar berilganidek, bugun, 6 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi. U barcha qo‘shni mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, birinchi sammit 2018 yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan edi. Ikkinchisi esa 2019 yil noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Berdimuhamedov Rahmon Japarov To'qaev

Baholaganlar

677

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing