Kosmonavtlar maydonidagi noqonuniy ta’mirlash to‘xtatildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Kosmonavtlar maydonida Vladimir Jonibekov haykali oldidagi granit plitalar buzib tashlanayotgani haqida e’tirozli xabarlar tarqalgan edi. Ushbu qurilishni ruxsatsiz boshlagani uchun esa “MIMAR GROUP” MCHJga ogohlantirish xati berildi va jarayon to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ob’ekt joyiga chiqqan holda o‘rganilgan. Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi tomonidan ob’ektning atrofiga yotqizilgan marmar (burchatkalar)ning almashtirilishi rejalashtirilgani hamda madaniy meros ob’ektiga hech qanday asossiz ziyon yetkazilmagani aniqlangan. Qurilish ishlarini ruxsatsiz boshlagani uchun esa “MIMAR GROUP” MCHJga ogohlantirish xati berilgan va jarayon to‘xtatilgan. 

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Kosmonavtlar prospektida joylashgan Vladimir Jonibekov byusti (Koinot yodgorligi) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2019 yil 28 iyundagi 411-sonli buyrug‘iga asosan moddiy-madaniy meros ob’ektlari davlat kadastriga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-sonli “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi bilan Yakkasaroy tumani obodonlashtirish boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida birikitirib berilgan hamda mazkur ob’ekt milliy ro‘yxatdan o‘rin olgan. 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi 265-sonli qarorining 5-ilovasi bilan Madaniy meros agentligi qoshida Ilmiy-ekspert kengashi 6-ilovasi bilan Ilmiy-ekspert kengash nizomi tasdiqlangan bo‘lib, Nizomiga ko‘ra moddiy-madaniy meros ob’ektlarida olib borilishi ko‘zda tutilgan barcha qurilish, ta’mirlash, restavratsiya ishlariga ushbu Kengash xulosasiga asosan ruxsatnoma berilgandan so‘ng amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. 

Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasida: 

moddiy madaniy meros ob’ektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy-madaniy meros ob’ektlarini asrash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek, moddiy-madaniy meros ob’ektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazish uchun ruxsatnomalar berish – belgilab qo‘yilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Kosmonavtlar maydoni

Baholaganlar

65

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar