Korzinka Go 59 daqiqada ekspress yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi

Biznes

image

Korzinka Go yangi ekspress yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Endi buyurtma qabul qilingan paytdan boshlab 59 daqiqa ichida mijozlar uni olishlari mumkin, agar yetkazma kechiksa, Korzinka Go xizmat uchun to‘lovni qaytarib beradi.

Korzinka Go — sarxil sabzavot va meva mahsulotlaridan tortib, uy-ro‘zg‘or vositalari va bolalar uchun mo‘ljallangan tovarlargacha keng turdagi mahsulotlarni taklif etuvchi xizmatdir. Endi siz turli do‘konlarda mahsulotlarga buyurtma berishingiz shart emas – sizga kerak bo‘lgan hamma narsani bitta joyda va o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan vaqtda buyurtma qilishingiz mumkin. Korzinka Go esa barchasini eshigingizgacha yetkazib beradi. Bu, ayniqsa, og‘ir mahsulotlar, masalan, suv, tarvuz sotib olish yoki shoshilinch xaridlarni amalga oshirish zarur bo‘lganda qulaydir.

Korzinka Go’ning doimiy mijozlari allaqachon barcha kundalik xaridlarini ilovada amalga oshirishadi. Yangi ekspress yetkazuv esa yana birqancha o‘z vaqtini qadrlovchi mijozlarga qo‘l kelishi aniq.

Shuningdek, mijozlar maxsus taklifdan foydalanish imkoniyatiga ega: dastlabki 3 ta buyurtmaning har biriga 50 000 so‘mlik chegirma taqdim etiladi. Umumiy miqdorda 150 000 so‘mlik chegirma taklifi xizmatni sinab ko‘rish uchun ayni muddao.

Korzinka Go’ning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning tovarlar sifati sinchkovlik bilan tekshiriladigan maxsus tarqatish markazlari — "darkstore"lar konsepsiyasidir. Ushbu konsepsiyaga muvofiq, xodimlar har bir mahsulotning yangiligi va yuqori sifat standartlariga javob berishini sinchiklab tekshirib chiqadi. Barcha tovarlar "darkstore"larning har-xil zonalari bo‘ylab taqsimlanadi. Har bir toifadagi tovarlar uchun alohida saqlash xonalari mavjud: go‘sht, sut mahsulotlari, meva-sabzavot, baqqolchilik, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar. U yerda yesa tovarlarning bari optimal haroratda saqlanadi.

Qattiq sifat nazorati va yaratilgan optimal sharoitlarga qaramay, Korzinka Go mijozlarga maksimal foyda va qulayliklar taqdim etgan holda, o‘z mahsulotlari va xizmatlari uchun hamyonbop narxlarni saqlab qolishga harakat qiladi. Korzinka Go ilovasida siz “Korzinka chegirmalar” katalogidan tovarlar xarid qilishingiz, keshbek olishingiz, shuningdek, har kun qo‘shimcha foydali takliflar mavjud bo‘lgan chegirmalar toifasini tanlashingiz mumkin. Slot yetkazib berishdan farqli o‘laroq, cheklangan vaqtgacha tezkor yetkazib berish (59 daqiqa ichida) va keng assortiment tufayli Korzinka Go o‘z vaqtini va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun mukammal tanlov hisoblanadi.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring: korzinka.uz

Facebook: KorzinkaGo
Instagram: KorzinkaGo
Telegram:  KorzinkaGo

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing