Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Jamiyat
−
30 noyabr 2022
2192Joriy yilning 29 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, korporativ boshqaruvchi malaka attestati Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi.
Talabgor Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari” o‘quv kursini tugatgani to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, u mazkur maktabning “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” hamda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha korporativ boshqaruv fanini kamida 86 ball darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari va Biznes maktablarida tahsil olgan va ilmiy darajalarga ega bo‘lgan hamda korporativ boshqaruv fani bo‘yicha eng yuqori baho yoki ball olgan bo‘lishi kerak.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi (my.gov.uz orqali murojaat qilinganda yig‘im miqdori 270 ming so‘mni tashkil etadi).
Qayd etilishicha, malaka attestatining amal kilish muddati 5 yilni tashkil etadi va uzaytirilmaydi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi