Koronavirusning yangi “qirrasi”. Bu safar uning suvdagi “hayoti” o‘rganildi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning Ekseter universiteti dotsenti Jeymi Shatler boshchiligidagi Britaniya va Polsha epidemiologlari koronavirusning suvga tushganda qanday harakatlanishini o‘rganishdi. Ma’lum bo‘ldiki, virusning harakati daryo va 25 kungacha davom etadi. Tadqiqot natijalari MedRxiv elektron ilmiy kutubxonasida nashr etildi.

"Tabiiy suv omborlari yangi turdagi koronavirus (SARS-CoV-2) uchun to‘planish va tarqalish yo‘llari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ko‘pgina mamlakatlarda ular sog‘liq uchun haqiqiy xavf tug‘diradi", deb yozadi olimlar. Virusning suvda uzoq vaqt qolishi uning past haroratda ekanligi bilan izohlandi.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar kanalizatsiya tizimidagi suvlardan odamlar va hayvonlarni iloji boricha asrash kerak, deb ogohlantirmoqda.

Mutaxassislar hozirgi kunga qadar infeksiya eng ko‘p uchragan yigirma mamlakatda toza suvda virusning miqdorini o‘rganishdi. Ispaniya, Buyuk Britaniya va Marokash bu borada eng zaif davlatlar ekanligi aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

510

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing