Koronavirusning yana bir xavfli mutatsiyasi aniqlandi
Salomatlik
−
03 noyabr 2020
14453Olimlar SARS-CoV 2 virusi genetik mutatsiyalarni to‘plashi hamda uni yanada yuqumli va xavfli qilishini aniqlashdi. Ostindagi Texas universiteti mutaxassislari tadqiqotlari ko‘rsatilgan maqola mBIO ilmiy jurnalida chop etildi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, pandemiyaning birinchi to‘lqini paytida Xyustondagi koronavirus bemorlaridan olingan viruslarning 71 foizida S-oqsiliga ta’sir qiluvchi mutatsiya bo‘lgan. Ikkinchi to‘lqin paytida ushbu variantning tarqalishi 99,9 foizgacha o‘sgan.
Ushbu mutatsiya virusning tanaga tezroq kirib borishiga imkon beradi, ya’ni uning yuqtirish qobiliyatini oshiradi.
Bundan tashqari, inson monoklonal antitanachalari tomonidan SARS-CoV 2 ni tanib olish darajasining pasayishiga olib keladigan juda noyob mutatsiya aniqlandi. Bu kamdan-kam uchraydi. Bemorlarda kasallikning og‘irligi oshmaydi, lekin u ham inson tanasining patogenga qarshi immun javobiga salbiy ta’sir qiladi.
Umuman olganda, olimlar koronavirusdagi 285 ta mutatsiyani aniqlashgan. Ularning aksariyati kasallikning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, garchi juda xavfli mutatsiyalar bo‘lsada.
LiveBarchasi