Koronavirusning mutatsiyaga uchrashi to‘g‘risidagi nazariya rad etildi
Salomatlik
−
04 iyun 2020
7714Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassisi koronavirus vaqt o‘tishi bilan mutatsiyaga uchrashi va tobora xavfli bo‘lib borishi haqidagi keng tarqalgan nazariyani rad etdi. Bu haqda “New York Post” xabar bermoqda.
Epidemiolog Mariya Van Kerkxovning aytishicha, virus normal kasalliklar ichida o‘zgaradi. Bu shunga o‘xshash kasalliklar uchun xosdir, masalan, gripp. "Kasallik tobora yuqumli bo‘lib borayotgani yoki hayot uchun xavfli ekanligi to‘g‘risida hech qanday dalil yo‘q", deb ishontirdi u.
Shunga qaramay, ekspert "pandemiya hali juda uzoq" davom etishidan ogohlantirdi. Uning fikricha, virusning tarqalishiga qarshi kurashish uchun, avvalo, cheklovlarni olib tashlash kerak.
Rossiyaning “Rospotrebnadzor” tashkiloti rahbari Anna Popova koronavirus mutatsiyasining darajasini taxmin qilgan edi. Shuningdek, u SARS-CoV-2 yuqori o‘zgaruvchanlikka ega emasligiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan o‘nlab virus mutatsiyalarining ham virusning o‘zgarishiga ta’sirini baholash mumkin emas.
LiveBarchasi