Koronavirusning eng qo‘rqinchli belgisi ma’lum qilindi

Salomatlik

image

Koronavirusning eng xavfli alomati bu nafas qisishidir. Bu haqda rossiyalik immunolog Vladimir Bolibok ma’lumot bergan.

"Agar odamda tana harorati ko‘tarilmasdan yurak tez urishi va nafas qisilishi kuzatilsa, bu darhol shifokorga murojaat etish uchun signal demakdir", degan shifokor.

Shifokorga ko‘ra, buni aniqlash uchun tinch holatda nafas olish tezligini tekshirish kerak bo‘ladi. Katta yoshli sog‘lom odam bir daqiqada 16 martadan 20 martagacha nafas olib chiqaradi. 

Bolibok undan ko‘p nafas olish nafas yetishmovchiligining rivojlanishidan dalolat berishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 49 milliondan oshgan. 1,2 million bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

1758

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing