Koronavirusning dorisi topilgani rostmi?
Jamiyat
−
23 mart 2020
21057Ijtimoiy tarmoqlarda “Koronovirusning dorisi topilibdi” degan xabarlar tarqatilmoqda. Bu xabarlar rasman yolg‘on deb e’lon qilindi.
“Afsuski bu dori emas, balki virus bor-yo‘qligini aniqlovchi testdir. Bu ma’lumot yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi eslatib o‘tilgan.
Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor