Koronavirusdan davolanganlarning immuniteti “britancha” shtammdan himoya qiladimi?

Salomatlik

image

Koronavirusni boshdan kechirgan odamlarda shakllangan immunitet ularni hozirda keng tarqalayotgan koronavirusning “britancha” shtammidan himoya qila oladi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova aytib o‘tgan. 

"Odamlarda kasallikdan so‘ng hosil bo‘lgan immunitet juda samarali bo‘lib qoladi va u ma’lum mutatsiyalarga ega bo‘lgan “britancha” shtammga ham qarshi turadi", degan Popova. 

"Britancha" mutatsiya 2020 yil sentyabr oyida Angliyaning janubi-sharqida aniqlangan va shu kungacha uni yuqtirish holatlari dunyoning o‘nlab mamlakatlarida qayd etilgan.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning “britancha” varianti 70 foiz ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkinligini e’lon qilgan. 

Ta’kidlanishicha, hozircha britaniyalik mutaxassislar koronavirusning “britancha” turi virusning boshqa variantlariga qaraganda xavfli ekanligi to‘g‘risida ilmiy dalillarni taqdim etishmagan.


Maqola muallifi

Teglar

"britancha" shtamm

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar