Koronavirusning barcha shtammlariga qarshi vosita ixtiro qilindi

Olam

image

Estoniyalik olimlar koronavirus infeksiyasining barcha shtammlariga qarshi kurashuvchi yangi burun spreyi ixtiro qilishdi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, preparat "Bio Block" deb nomlangan. Uning barcha ma’lum bo‘lgan COVID-19 shtammlaridan himoya qilishi laboratoriya sinovlari bilan tasdiqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Tartu va Estoniya hayot fanlari universiteti olimlari konsorsiumi tomonidan tayyorlangan.

“Yangi Bio Block burun spreyining hali keng tarqalmagan shtammlarga qarshi kurashish qobiliyatini sinab ko‘ramiz va biz virus o‘zgarishini doimiy ravishda kuzatib boramiz”", dedi Icosagen ilmiy direktori Mart Charter.

Olimlarning ta’kidlashicha, sprey "britancha", "afrikancha", "brazilcha" deb nomlangan koronavirus shtammlariga, shuningdek, "delta" va Uxandagi asl shtammlarga qarshi  juda ham samarali natija ko‘rsatgan. Hozirda, Estoniya hukumati yangi spreyni mamlakat ichida sotilishga ruxsat bergan.

 

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

770

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made