Koronavirusning antitana ham yordam bermaydigan mutatsiyasi aniqlandi

Salomatlik

image

Olimlar SARS-CoV-2 ning infeksiya bilan kurashish uchun inson organizmida xosil bo‘lgan antitanaga yon bera oladigan mutatsiyasini aniqlashdi. Bu haqda “Nature” xabar berdi.

Fred Xatchinson nomidagi saraton kasalligini o‘rganish markazi mutaxassislari uchta monoklanal antitanalarning bog‘lanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan COVID-19 ning har qanday mutatsiyalarini jamlashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bir qator mutatsiyalar virus hujayralarga kirish uchun foydalanadigan retseptorlarni bog‘lash sohasi (RBD) deb nomlangan oqsil segmentiga ta’sir ko‘rsatgan.

Olimlar ba’zi o‘zgarishlar COVID-19 bilan kasallanganlarda keng tarqalgan va antitanalarning butun majmuasiga qarshilik ko‘rsatadigan mutatsiya Niderlandiya va Daniyada topilganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

499

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing