Koronavirusning 65 yoshdan kattalar uchun xavfli bo‘lgan jihati aytildi 

Salomatlik

image

65 va undan katta yoshdagi odamlarda yangi koronavirus bilan qayta kasallanish xavfi yuqori bo‘ladi. Tegishli tadqiqot "The Lancet" jurnalida nashr etilgan. 

Hisobotga ko‘ra, 65 yoshgacha bo‘lgan odamlarda COVID-19 kasalligining qaytalanishiga qarshi himoya 80 foiz yoki undan yuqori bo‘ladi. 

65 yoshdan oshgan odamlar uchun esa himoya taxminan 47 foizni tashkil etadi. 

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, olingan natijalar pandemiya paytida keksa odamlarni himoya qilish choralarining muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi. 

Avvalroq, yangi turdagi koronavirusdan o‘lim xavfini to‘rt baravar oshiradigan omil haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing