Koronavirusni to‘liq zararsizlantiruvchi vosita ixtiro qilindi

Jamiyat

image

Amerikaning Pittsburg universiteti professorlari kemiruvchilarda o‘tkazilgan tajribada oqsil asosida yaratilgan VH-Fc Ab8 moddasining yuqori samaradorligini ko‘rsatib berdi. U jonivor organizmidagi virus ulushini o‘n barobar kamaytirgan.

Ab8 biologik molekula yordamida olingan va to‘qima bilan diffuziya bo‘la oladi. Bu esa SARS-CoV-2 virusini jiddiy salbiy ta’sirsiz yo‘q qilish imkonini beradi. Preparat sichqonlar organizmiga ingalyatsion usulda kiritilgan.

VH-Fc Ab8 inson tanasiga hujum qilayotgan koronavirusli S-oqsili bilan aloqaga kirishishi mumkin bo‘lgan milliard molekula bilan tahlil qilish natijasida yaratilgan.

“Aniqlangan vosita yuqori profilaktik va terapevtik samaradorlikni ko‘rsatdi”, deb xulosa qilgan tadqiqotchilar.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

988

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing