Koronavirusga qarshi turli vaksinalar bilan emlansa bo‘ladimi? JSST vakili izoh berdi

Salomatlik

image

Odamlar koronavirusga qarshi turli vaksinalar bilan emlanish masalasida o‘zlari qaror qabul qilishlari kerak emas. Bu yo‘nalishda tadqiqotlar hali ham davom etmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Kristian Lindmayer aytib o‘tdi.

"Oksford universitetining AstraZeneka va Pfizer vaksinalarining o‘zaro ta’sirini aniqlashga yo‘naltirilgan klinik tadqiqotlar hamon olib borilmoqda. Bu tadqiqotlarga Moderna va Novovax vaksinalari ham kiritilgan. Dastlabki dalillarga ko‘ra, birinchi AstraZeneka vaksinasi, so‘ngra Pfizer preparati bilan emlanganlar yengil isitma va boshqa mo‘tadil salbiy ta’sirga moyil bo‘ladi", degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot 50 yoshdan kattalar orasida o‘tkazilgan. Lindmayer shuningdek, odamlar shifokor ko‘rsatmasisiz vaksinalarni aralashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari kerak emasligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing