Koronavirusga qarshi emlash qancha odamning joniga oro kirgani ochiqlandi

Olam

image

Buyuk Britaniya epidemiologlari Yer aholisini koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash virusning ehtimoliy qurbonlari sonini taxminan 20 millionga kamaytirganini aniqlashdi. Olimlarning xulosalari “Lancet Infectious Diseases” jurnalidagi maqolada chop etilgan.

"Biz COVID-19'ga qarshi emlash insoniyatga qanday ta’sir qilganini baholadik. Ta’kidlash joizki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan teng foydalanishni ta’minlash uchun boshlangan COVAX dasturi orqali tarqatilgan vaksinalar orqali 7,5 millionga yaqin inson hayoti saqlab qolingan”, deydi London Imperial kolleji (Buyuk Britaniya) tadqiqotchisi Oliver Uotson. 

Pandemiya boshlanganidan keyin Rossiya, AQSH, Xitoy va boshqa ko‘plab mamlakatlar olimlari SARS-CoV-2 bilan kasallanish xavfini va COVID-19'ning og‘ir shakllarini rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradigan o‘nlab vaksinalarni ishlab chiqardi.

JSST statistik ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar bemorlar uchun 12 milliarddan ortiq doza vaksinadan foydalangan, dunyoning ba’zi mamlakatlarida emlash 90 foizdan ortiq.

Uotson va uning hamkasblari aholini ommaviy emlash COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning o‘lim darajasiga qanday ta’sir qilgani haqidagi birinchi hisob-kitoblarni olgan. Buning uchun olimlar Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 185 ta davlatning tegishli bo‘limlari mutaxassislari tomonidan to‘plangan emlanganlar soni va kasallanish darajasi haqidagi ma’lumotlarni birlashtirib, tahlil qilishgan.

Unga ko‘ra, pandemiya ancha ko‘p, taxminan 31,4 million kishining hayotiga zomin bo‘lishi mumkin edi. Ushbu ko‘rsatkich vaksinatsiya tufayli hozirda 63 foizga (19,8 million kishi) kamaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing