Koronavirusga qarshi emlash qaysi holatda foyda bermasligi ma’lum qilindi

Olam

image

Vaksinatsiya hamma joyda, tezlik bilan amalga oshirilsagina, samarali bo‘ladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, barcha mamlakatlar emlash jarayonini ortga surmasligi, qoldirmasligi kerak. Aks holda, koronavirusning yangi turlari paydo bo‘laveradi.

“Bunday holatda vaksina bilan emlashlar befoyda bo‘lib qolishi mumkin”, deya ogohlantirdi JSST rasmiysi.

Gebreyesusga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda vaksina yetishmasligi boy davlatlar uchun ham muammo tug‘dirishi mumkin.
 
Shuning uchun JSST rahbari rivojlangan davlatlarni o‘z fuqarolariga virusdan himoyada bo‘lish uchun vaksina bilan emlanish yetarli bo‘lmasligini, undan tashqari “dunyoning qolgan qismidagi” mamlakatlar aholisi ham emlanishi zarurligini tushuntirishga chaqirgan.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo bo‘ylab 111 million odam koronavirus bilan kasallangan, ushbu virus bilan og‘rish oqibatida deyarli 2,5 million kishi vafot etgan. Yuqtirgan va qurbon bo‘lganlarning aksariyati AQSH, Hindiston va Braziliya davlatlari hisobiga to‘g‘ri keladi. 


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing