Koronavirusga ishonmagan mashhur bloger 33 yoshida virus qurboni bo‘ldi

Olam

image

Ukrainalik taniqli fitnes-bloger Dmitriy Stujuk koronavirus tufayli 33 yoshida vafot etdi. Bu haqda Stujukning sobiq rafiqasi Sofiya Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi. 

“Dima endi oramizda emas. Yuragi bunga dosh bera olmadi”, deb yozadi Sofiya.  

Marhum bundan biroz avval Turkiyaga ta’tilga boradi. Ta’tilning ikkinchi kunida uning ahvoli yomonlashadi. U yarim tunda tomoq shishi va nafas olish muammolari bilan uyg‘onadi. Buni esa ovqatlanish va iqlim o‘zgarishi, sport mashg‘ulotlaridagi zo‘riqish bilan bog‘laydi. Shu bilan birga, u yengil qorin og‘rig‘iga duch kelgan. Ertasi kuni bloger yo‘talishni boshlagan, biroq unda isitma kuzatilmagan. 

Stujuk Turkiyadan Kiyevga qaytib kelganidan so‘ng, koronavirus testini topshirgan va natija ijobiy bo‘lgan. Kasallikning to‘qqizinchi kuni sportchining ahvoli o‘ta og‘irlashadi, u faqat kislorodli niqob orqali nafas oladi. Bloger shifoxonaga yotqizilgan. U shifoxonada klinik o‘lim holatini boshdan kechiradi, shundan so‘ng komaga tushadi va biroz vaqt o‘tgach, hushiga kelmasdan vafot etadi. 

Model Sofiya Stujuk va Dmitriyning uch nafar farzandlari bor edi.   

OAVning yozishicha, 33 yashar Dmitriy Stujuk yangi turdagi koronavirus infeksiyasi COVID-19 ga ishonmagani bilan ijtimoiy tarmoqlarda tilga tushgandi. 

U bundan 3 kun avval ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan oxirgi postida ham koronavirus yo‘q deb o‘ylaganini yozgan. 

“Barchani ishonchli tarzda ogohlantirmoqchiman: men ham COVID yo‘q deb o‘ylardim va bu hammasi nisbiy. To o‘zim kasal bo‘lmaguncha”, deb yozadi bloger. 


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Stujuk

Baholaganlar

1366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar