Koronavirusga chalinganlar 103 mingdan oshdi, 1 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
12 iyun 2021
3438O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanishlar soni 103 mingdan, kasallikdan sog‘ayganlar 99 ming nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 11 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 314 kishiga ortib, 103 206 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 5 nafari Andijon viloyatida;
- 6 nafari Buxoro viloyatida;
- 10 nafari Jizzax viloyatida;
- 11 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 3 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 21 nafari Samarqand viloyatida;
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 9 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 17 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 4 nafari Xorazm viloyatida;
- 42 nafari Toshkent viloyatida;
- 172 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar;
- Buxoro viloyatida 5 nafar;
- Navoiy viloyatida 2 nafar;
- Namangan viloyatida 6 nafar;
- Samarqand viloyatida 20 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 11 nafar;
- Toshkent viloyatida 46 nafar;
- Toshkent shahrida 133 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99152 (+229) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 705 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3349 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi