Koronavirusga chalingan mansabdorlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
11 avgust 2020
15735Ma’lumki, O‘zbekistonda bir qator amaldorlar – Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda ularning ahvoli qanday? QALAMPIR.UZ ushbu savol bilan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromovga murojaat qildi.
“Ushbu mansabdor shaxslarning salomatligi bilan qiziqqaningiz uchun katta rahmat. Ayni kunlarda ularning salomatligida tashvishli narsa yo‘q va davolash ishlari davom etmoqda”, deydi Ikromov.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagilardan tashqari Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ham poytaxtdagi shifoxonalarda davolanmoqda. Biroq, ularning qaysi kasallikka chalingani haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.
LiveBarchasi