Koronavirusdan jabrlangan shifokorlarga qancha kompensatsiya to‘langani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan jabrlangan shifokorlarga 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ kompensatsiya sifatida to‘lab berilgan. Bu haqda Moliya vazirligi Davlat byudjeti departamenti direktori Sherzod Muhammedov QALAMPIR.UZ uyushtirgan “Corona marafoni” doirasida bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Shifoxona va karantin muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlarimiz kasallikni yuqtirib olsa yoki vafot etsa, 100 million so‘mdan 250 million so‘mgacha bir martalik rag‘batlantirish to‘lovlari olishi joriy etilgan”, deydi u.

Sherzod Muhammedovning ta’kidlashicha, hozirga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining talabnomasiga binoan, 72 ta holat bo‘yicha umumiy hisobda 10 milliard so‘mdan ortiqroq summa shifokorlarga kompensatsiya sifatida ajratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing