Koronavirusdan vafot etgan to‘rt tibbiyot xodimi mukofotlandi

Jamiyat

image

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. 

Ushbu farmonga bilan koronavirusga chalingan bemorlarni aniqlash va davolash jarayonida vafot etgan yana to‘rt nafar tibbiyot xodimlari “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Ular:

Ne’matov Odiljon Nizomiddinovich (marhum)     -    Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya  va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining o‘pka sili jarrohligi bo‘limi mudiri;

Rustamov Farrux Farhodovich (marhum)     -    Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi;

Sharipova Venera Vasilevna (marhum)     -    Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bosh hamshirasi, Toshkent shahri;

Shukrullayev Bahrom Karomovich (marhum)     -    Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika shifokori, Toshkent shahri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing