Koronavirusdan sog‘ayganlar 38 mingdan oshdi
Jamiyat
−
29 avgust 2020
7999Bugun, 29 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 114 nafarga oshib, jami bemorlar 41067 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 90 nafari Toshkent shahrida;
• 8 nafari Toshkent viloyatida;
• 8 nafari Xorazm viloyatida;
• 4 nafari Andijon viloyatida;
• 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 79 yoshli J.K. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli M.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 178 nafar, Toshkent viloyatida 103 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Namangan viloyatida ham 2 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 38250 (+303) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2510 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi