Koronavirusdan mavsumiy allergiyani qanday ajratsa bo‘ladi?
Salomatlik
−
02 may 2020
6281Rossiyaning Rospotrebnadzor mutaxassislari mavsumiy allergiya va koronavirus infeksiyasi o‘rtasidagi farqlar haqida ma’lumot berishdi.
Ta’kidlanganidek, allergiyada isitma, yo‘tal va nafas siqilishi, shuningdek, zaiflik, charchoq va mushaklarning og‘rig‘i kabi alomatlar kuzatilmaydi.
Mavsumiy allergiyaning asosiy belgilari burunning oqishi, tomoq qichishi, ko‘zlarning qizarishi va ulardan yosh oqishi hamda qichishishdir.
Rospotrebnadzor mutaxassislari allergik kasalliklar COVID-19 infeksiyasi xavfini oshiruvchi omil emasligini ta’kidladi. Og‘ir va nazoratsiz bronxial astma va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bundan istino etilgan.