Koronavirus yuqtirganlar 200 mingga yaqinlashdi. Shengen hududi yopildi
Olam
−
18 mart 2020
11104Bugun, 18 mart holatiga dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 198 426 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virus faol bo‘lgan odamlar soni 107 676 nafarga teng.
198 426 kishidan 82 763 nafari davolangan, 7987 nafari vafot etgan. Foiz hisobida olganda yangi koronavirusning o‘limlilik darajasi 9 foizga teng. Bemorlarning 91 foizi davolangan. 6415 nafar bemorning ahvoli og‘irligicha qolyapti.
Turli davlatlar COVID-19 virusining mamlakatlab bo‘ylab keng tarqalib ketmasligi uchun yangi-yangi taqiqlar joriy qilyapti. Xususan, Ukraina Chernivsi shahrida imtiyozlilarning jamoat transportida bepul harakatlanishini bekor qildi. Hukumat shu tariqa qariyalarning shahar bo‘ylab kamroq harakatlanishini ta’minlamoqchi.
Yevropa Ittifoqi koronavirus mintaqa bo‘ylab tarqalib ketgani sababli Shengen hududini xorijliklarga 30 kunga yopishga qaror qildi.
"Safar qancha kam bo‘lsa, virusni tiyib turish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi", degan Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen.
Serbiya esa koronavirus sabab barcha uchun soat 20:00 dan soat 5:00 gacha barcha uchun ko‘chalarda harakatlanishni chekladi.
O‘zbekistonning qo‘shnisi Qozog‘istonda COVID-19 yuqtirganlar soni 35 nafarga yetdi. O‘zbekistonda 11 odamda koronavirus aniqlandi. Ular Parij, Istanbul, Dubay va Londondan kelgan yo‘lovchilar hamda ularning oila a’zolarida aniqlandi.
LiveBarchasi