Koronavirus yana bir davlatga yetib bordi

Olam

−

image

Samoa rasmiylari mamlakatda koronavirus infeksiyasining birinchi holatini qayd etishdi. Bu haqda "Samoa Observer" xabar bergan. 

Mamlakat Bosh vaziri Tuilaepu Sailele Maliyelegaoining aytishicha, koronavirus aniqlangan odam dengizchi bo‘lib, u Yangi Zelandiyaning Oklend shahridan Samoaga kelgan. 

Qayd etilishicha, dengizchi to‘rt kun karantinda o‘tirgandan so‘ng koronavirusga test topshirgan va unda musbat natija aniqlangan. U ikkinchi bor test topshirganda esa, manfiy natija qayd etilgan.

"U zudlik bilan izolyatsiya qilindi. Ertalab soat 06:00 da ikkinchi test o‘tkazilganda esa, natija manfiy bo‘ldi", degan Bosh vazir. 

Samoa Bosh vazirining ta’kidlashicha, bemor hozirda shifoxonada. 

Ma’lumot o‘rnida, Tinch okeanidagi Samoa mamlakati COVID-19 kasalligi aniqlanmagan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

573

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar