Koronavirus va pnevmoniya: 1300 dan ortiq bemor aniqlanib, 6 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

2021 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 131079 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 863 kishida koronavirus va 498 kishida pnevmoniya aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    87 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
•    32 nafari Andijon viloyatida,
•    23 nafari Buxoro viloyatida,
•    92 nafari Jizzax viloyatida,
•    27 nafari Qashqadaryo viloyatida,
•    21 nafari Navoiy viloyatida,
•    40 nafari Namangan viloyatida,
•    89 nafari Samarqand viloyatida,
•    23 nafari Sirdaryo viloyatida,
•    91 nafari Surxondaryo viloyatida,
•    89 nafari Farg‘ona viloyatida,
•    49 nafari Xorazm viloyatida,
•    95 nafari Toshkent viloyatida,
•    105 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 92 nafar,
•    Jizzax viloyatida 125 nafar,
•    Qashqadaryo viloyatida 24 nafar,
•    Navoiy viloyatida 26 nafar,
•    Namangan viloyatida 28 nafar,
•    Samarqand viloyatida 65 nafar,
•    Surxondaryo viloyatida 77 nafar,
•    Farg‘ona viloyatida 95 nafar,
•    Toshkent viloyatida 74 nafar,
•    Toshkent shahrida 127 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 124728 (+733) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 886 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing