Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanishlar 1500 ga yaqinlashdi
Jamiyat
−
23 yanvar 2022
6371Kecha, 22 yanvar kuni O‘zbekistonda 1480 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 213767 (+1478) nafarga yetdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 59 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 61 nafari Andijon viloyatida,
• 64 nafari Buxoro viloyatida,
• 49 nafari Jizzax viloyatida,
• 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 20 nafari Navoiy viloyatida,
• 55 nafari Namangan viloyatida,
• 37 nafari Samarqand viloyatida,
• 21 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 73 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 182 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 38 nafari Xorazm viloyatida,
• 192 nafari Toshkent viloyatida,
• 598 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Andijon viloyatida 75 nafar,
• Buxoro viloyatida 22 nafar,
• Jizzax viloyatida 85 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 53 nafar,
• Navoiy viloyatida 29 nafar,
• Namangan viloyatida 47 nafar,
• Samarqand viloyatida 78 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 57 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 58 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 173 nafar,
• Xorazm viloyatida 81 nafar,
• Toshkent viloyatida 116 nafar,
• Toshkent shahrida 252 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 203275 (+1126) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1540 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi