Koronavirus: O‘zbekistonda bemorlar soni 106 mingdan oshdi 

Jamiyat

−

image

Kecha, 19 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106025 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 415 kishida kasallik aniqlangan. Bu haqda SSV xabar berdi.  

Yangi kasallanish holatlarining: 

• 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 

• 9 nafari Andijon viloyatida, 

• 18 nafari Buxoro viloyatida, 

• 16 nafari Jizzax viloyatida, 

• 9 nafari Qashqadaryo viloyatida, 

• 4 nafari Navoiy viloyatida, 

• 5 nafari Namangan viloyatida, 

• 35 nafari Samarqand viloyatida, 

• 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 

• 74 nafari Surxondaryo viloyatida, 

• 14 nafari Farg‘ona viloyatida, 

• 11 nafari Xorazm viloyatida, 

• 30 nafari Toshkent viloyatida, 

• 182 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Kecha kun davomida: 

• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar, 

• Andijon viloyatida 24 nafar, 

• Buxoro viloyatida 6 nafar, 

• Jizzax viloyatida 41 nafar, 

• Qashqadaryo viloyatida 20 nafar, 

• Namangan viloyatida 17 nafar, 

• Sirdaryo viloyatida 17 nafar, 

• Surxondaryo viloyatida 37 nafar, 

• Farg‘ona viloyatida 13 nafar, 

• Xorazm viloyatida 5 nafar, 

• Toshkent viloyatida 42 nafar, 

• Toshkent shahrida 151 nafar bemor tuzalgan. 

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 101692 (+381) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3615 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing