Koronavirus O‘zbekiston qamoqxonalariga ham kirib bordimi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston qamoqxonalarida saqlanayotgan mahkumlarning 9 foizi koronavirusga chalinib, davolangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Yusupov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

O‘zbekiston qamoqxonalarida mahkumlarning o‘rtacha 9 foizi koronavirusни boshdan кечирган

Uning aytishicha, dastlabki 4 oy davomida jazoni ijro etish muassasalarida koronavirus bilan kasallangan bemorlar aniqlanmagan.

“Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning o‘rtacha 9 foizga yaqini kasallikni boshdan kechirdi. Koronavirusning yengil shaklini muassasalarning o‘zida davoladik. Biroq o‘rta og‘ir yoki og‘ir shakllarini Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 4 ta hududda – Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi sog‘liqni saqlash muassasalarida davoladik. Lekin birorta o‘lim bilan bog‘liq holat yuz bermadi”, deydi Bahodir Yusupov. 

Shuningdek, u Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi qamoqxonalarda saqlanayotgan koronavirusning o‘ta og‘ir shakli bilan kasallangan 2 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 75-moddasi va Jinoyat-ijroiya kodeksining 165-moddasiga asosan muddatidan avval ozod qilingani aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing